04 sen 16:49
Yangiliklar
Ro'ziboev o'z vaznida! UFC Paris turnirining vazn o'lchash marosimi o'tkazildi (barcha natijalar)
Musobaqaning markaziy jangi Den Xuker hamda Saladin Parnass o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev tajribali Maykl Peyjga qarshi oktagonga ko'tariladi.
UFC Paris turniri oldidan o'tkazilgan vazn o'lchash marosimi natijalari:
Asosiy kard:
Markaziy jang, engil vaznda: Den Xuker (70,3 kg) vs Saladin Parnass (70,3 kg)
Engil vaznda: Fares Ziam (70,3 kg) vs Aksel Sola (70,3 kg)
O'rta vaznda: Maykl Peyj (83,91 kg) vs NURSULTON RO'ZIBOEV (84,36 kg)
Yarim o'rta vaznda: Daniil Donchenko (77,11 kg) vs Punaxele Soriano (77,11 kg)
Yarim engil vaznda: Kyortis Kempbell (66,22 kg) vs Trevor Pik (66,22 kg)
Yarim engil vaznda: Losen Keyta (66,22 kg) vs Muhammad Naimov (65,77 kg).
Prelim kard:
Yarim engil vaznda: Morgan CHarre (65,77 kg) vs Felipe Lima (66,22 kg)
Og'ir vaznda: Mario Pinto (114,3 kg) vs Rayan Spenn (115,66 kg)
Yarim og'ir vaznda: Umar Si (93,44 kg) vs Modestas Bukauskas (92,98 kg)
Yarim engil vaznda: Nataniel Vud (66,22 kg) vs Pavel Andruska (66,22 kg)
O'ta engil vaznda: Maykl Aljaruj (57,15 kg) vs Fabia Sayntes (56,69 kg)
Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Nora Kornoll (61,68 kg) vs Klaudiya Sigula (61,68 kg)
O'rta vaznda: Matte Dyuklo (83,91 kg) vs Luis Felipe Dias (83,91 kg)
Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Delfin Benuish (52,16 kg) vs Sofiya Montenegro (52,16 kg).
Turnir ertaga bo'lib o'tadi. Janglar Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Fikrlar