So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

03 sen 14:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ro'ziboev - Peyj: Oktagonda kim o'z o'yinini o'tkaza oladi? (mutolaa uchun)

Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangi 5 sentyabr kuni Parijdagi UFC Fight Night turnirida Maykl Venom Peyjga qarshi bo'lib o'tadi.

Ro'ziboev hozir UFC o'rta vazn reytingida 15-o'rinda turibdi, Peyj esa yarim o'rta vazndan qaytib, o'rta vazn divizionida yana bir bor kuch sinashadi.

Nursulton Ro'ziboev — Maykl Peyj: bu jangda kimning imkoniyati yuqori? 

Hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev UFCdagi eng jiddiy sinovlaridan biriga tayyorlanmoqda. 5 sentyabr kuni Parijda u o'zining nostandart uslubi va uzun qo'llari bilan tanilgan Maykl «Venom» Peyjga qarshi oktagonga chiqadi.

Ro'ziboev uchun bu shunchaki navbatdagi jang emas. 32 yoshli sportchi so'nggi yillarda UFCdagi poziciyasini mustahkamlab, endi reytingda yuqorilash va yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o'zini isbotlash bosqichiga kirdi.

Ro'ziboevning asosiy ustunligi — parter

Nursulton Ro'ziboevning professional rekordi 37 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 durangdan iborat. Uning 37 ta g'alabasidan 21 tasi bo'g'ish yoki og'riqli usullar orqali, 13 tasi nokaut bilan yakunlangan. SHuningdek, 26 ta jangi birinchi raundning o'zida tugagan. UFCdagi rasmiy profilida ham yurtdoshimizning finish ko'rsatkichi 80 foiz ekani qayd etilgan.

Bu raqamlar Ro'ziboevning jangda nimani xohlashini aniq ko'rsatadi: u raqibini uzoq masofada ochkolar hisobiga engishdan ko'ra, uni xato qilishga majburlab, jangni muddatidan oldin tugatishga intiladi.

27 iyun kuni Bokuda Andrey Pulyaevga qarshi jangda ham xuddi shu holat kuzatildi. Ro'ziboev birinchi raundning ikkinchi daqiqasida raqibini bo'g'ish usuli bilan taslim qildi. Bu uning UFCdagi uchinchi ketma-ket g'alabasi bo'ldi.

Peyj esa butunlay boshqa uslubda jang qiladi

Maykl Peyj — Ro'ziboev uchun uslub jihatidan juda noqulay raqib.

39 yoshli britaniyalik sportchi o'zining g'ayrioddiy harakatlari, masofani nazorat qilishi, reakciyasi va zarbalarni kutilmagan burchaklardan yo'llashi bilan tanilgan. Uning professional rekordi 25–3.

Peyjning asosiy vazifasi — Nursultonga yaqinlashish imkonini bermaslik.

Tasavvur qilib ko'radigan bo'lsak, Nursulton Ro'ziboev masofani qisqartirib, jangni klinch va parterga o'tkazishga harakat qiladi; Peyj esa aksincha, jangni tik holatda ushlab turishga intiladi.

Nursulton Ro'ziboev uchun eng katta xavf

Andijonlik atletning uzunligi va fizik parametrlari unga ko'plab raqiblarga qarshi ustunlik beradi. Ammo Peyjning harakatchanligi va vaqtni to'g'ri boshqara olish hissi bu ustunlikni kamaytirishi mumkin.

Britaniyalik jangchi ikki marta o'rta vaznda oktagonga chiqib, SHara Bullet va Jared Kannonirga qarshi janglarda g'alaba qozongan. Keyin yarim o'rta vaznga tushib, Sem Pattersonni hakamlar qarori bilan mag'lub etgan. Endi u yana 84 kg vaznga qaytmoqda.

SHuning uchun Ro'ziboev uchun birinchi raund ayniqsa muhim bo'ladi. Agar u Peyjning harakatini cheklab, uni oktagonga siqib qo'ysa, o'zining kuchli tomoni — klinch va grepplingni ishga solishi mumkin bo'ladi. Umuman olganda, Nursulton Ro'ziboev so'nggi 14 jangida 13 marta g'alaba qozongan. Bu ko'rsatkich uning hozirgi formasi tasodif emasligini ko'rsatadi. Bu jangdagi g'alaba Nursultonni reytingda yanada yuqori ko'tarilishi uchun muhim qadamga aylanishi mumkin. UFC rasmiy malumotida u hozir o'rta vazn reytingida 15-o'rinda qayd etilgan.

Eng muhimi, u yana bir tanilgan va yuqori darajadagi raqibni engsa, Ro'ziboevning diviziondagi maqomi o'zgaradi. Endi gap shunchaki UFCda g'alaba qozonish haqida emas — yuqori reytingdagi jangchilar qatoriga kirish haqida ketmoqda.

5 sentyabr kuni Parijdagi oktagonda Ro'ziboev uchun asosiy vazifa — Peyjning jang uslubini qabul qilmaslik, balki o'z scenariysini majburan o'tkazish bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing