So’nggi yangiliklar

07:55UFC Fight Night 294 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Улар орасида қозоқ жангчиси ҳам бор! 0 07:24"Реал" яна камбэк қилди, бу сафар "Сельта" мағлуб этилди 0 06:53UFC Fight Night 294: Прохазкани нокаут қилишди, Асу Алмабаев ютқазди ва бошқа натижалар 0 19:59Фазлиддин Рафиқов Жаҳон чемпионатини бронза билан якунлади 0 19:30Илия Топурия UFC'даги мотивацияси нима эканлигини айтди 0 18:22"Чемпионлик камарини қўлга киритишимга ишонаман". Прохазка Ульберг билан реванш ўтказишга умид қилмоқда 0 17:37"Октагон ташқарисида ҳам жанг қилишимиз мумкин". Двалишвили Нурмагомедов билан эҳтимолий реванш ҳақида гапирди 0 16:30ОЧЛ. "Ал-Иттиҳод"нинг малилик легионери "Пахтакор"га қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 15:15Енгил атлетикачи Хушноза Шавкатова энди АҚШнинг Орегон университети жамоаси шарафини ҳимоя қилади 0 14:12Алжамейн Стерлинг Волкановски билан жанг қилиб, икки вазн тоифасида чемпион бўлмоқчи 0 13:00Самбочиларимиз ШҲТ Очиқ турнирини умумжамоа ҳисобида биринчи ўринда якунлашди 0 12:05Ўзбекистон мезбонлик қиладиган U-17 Осиё кубогининг барча иштирокчилари маълум бўлди 0 11:12Жошуа Тайсонни нокаутга учратишга ваъда берди 0 10:24Амирхон Алихўжаев кейинги жангини Хотамбек Бойназаровнинг собиқ рақибига қарши ўтказади 0 09:55Руслан Абдуллаев олтинчи ғалабасини олтинчи раундда қўлга киритди 0

29 okt 14:36
Yangiliklar

Futbol

Ro'ziqul Berdiev: "Biz juda yaqinmiz"

"Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin (1:2) mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qo'shnilar jangi shunday o'tishi kerak aslida. "Dinamo" gol kiritganiga qadar erkin harakat qildi. Raqib gol urgach, men o'z shogirdlarimni tanishni boshladim. O'sha bosimsiz, biz erkinroq harakat qildik. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq evaziga biz 3 ochkoni ilib ketdik deb o'ylayman. "Dinamo" ko'proq etiborni himoyaga qaratdi, biz esa hujumga. Bugun biz g'alaba qozonishimiz shart edi. Bunga erishganimiz bilan jamoa ishqibozlarini tabriklaymiz", - dedi Vadim Abramov. 

- "Nasaf" necha foiz chempionlikni naqd qildi?
- Biz juda yaqinmiz. Deyarli degan so'zni ishlatmaslik kerak. Har bir bahsga jiddiy yondashamiz. Keyingi uchrashuvlarga jiddiy yondashishimiz kerak. Maqsadimizga, orzumizga hali etmadik.

- "Nasaf" avvalgi "Nasaf"ga o'xshamayotgandek?!

- Buning ruhiyatga aloqasi yo'q. Jamoamizni bir shiori bor. "Nasaf"ga o'xshashi yo'q,- degan. Bazi bir jamoaga shunday kamchiliklar bilan o'ynab turamiz. Bazi kuchsizroq jamolar bilan o'yinlarda ochko yo'qotamiz. OCHLda esa, etibor bergan bo'lsangiz, kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilar bilan birga bordik. Agar hamma asosiy o'yinchimizni u erda maydonga tushirganimizda, bugun nima bo'lishini "Paxtakor" misolida ko'rdingiz. Bu bizga ham salbiy tasir qilar edi. Bizning asosiy maqsadimiz Superliga bo'lgani bois, Samarqanddagi bahsga ko'proq etibor qaratdik. Balki, o'rtamiyona klublarga qarshi bahslarda motivaciya bilan muammo bo'lmoqda.

- "Nasaf"ning kelasi mavsum uchun rejalari qanday?
  
- Rejalarimiz bor. Klubimiz rahbariyati kelasi mavsum uchun harakatni boshlagan. Nasaf o'z darajasini yuqoriga chiqarib qo'ydi. Buni tushurishga bizning haqqimiz yo'q. Tarkibimizni suyagini saqlab qolib, yosh terma jamoa uchun yoshlarni berishimiz kerak. Oxirgi ikki yilda, bu kam bo'ldi, biroq buni to'g'irlab qo'yamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing