So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

31 mar 07:43
Yangiliklar

Futbol

Ro'ziqul Berdiev: “Ochko yo'qotganimiz alamli bo'ldi”

“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi (1:1) yakuniga etgach, o'yinga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida mezbonlardan "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Azizjon G'anievlar ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Uchrashuvni nazoratimiz ostida o'tkazdik. Ammo himoyadagi bitta xato ochko yo'qotishimizga olib keldi. Tajribali himoyachilarimiz bunday qo'pol xatoga yo'l qo'ymasliklari kerak edi. Albatta, futbolchilarimizga etirozim yo'q. Ammo ochko yo'qotganimiz alamli bo'ldi. Umuman olganda yigitlarimiz yomon o'ynashmadi. Endi oldimizda turgan muhim o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Azizjon G'aniev: - Biz bu o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rgan edik. Bunday natijaga loyiq o'yin ko'rsatmadik deb, hisoblayman. Ammo afsuski tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. SHunisi alamli bo'ldi.

Ro'ziqul Berdiev: - CHeran hali o'yinga to'liq tayyor emasligi uchun bugun uni maydonga tushirmadik. U faqat kecha safimizga qo'shildi. Bu o'yinchimiz bizga juda kerak bo'layapti. O'ylaymanki, u navbatdagi o'yinimizda bizga yordam bera oladi. Albatta “Persepolis” bilan bo'ladigan o'yin haqida o'ylamasligimizni iloji yo'q. Ammo bugungi tanlangan tarkib yoki olib borilgan o'yin, navbatdagi o'yinni o'ylab qilingan emas. Barcha o'yinlar biz uchun muhim. 

Bobir Abduxoliqovni dastlabki daqiqalardan maydonga tushirmaganimizga sabab, bu futbolchimiz keyingi vaqtda umuman dam olmasdan maydonga tushmoqda. SHuningdek boshqa o'yinchilarimizda ham shu holat, hohlaymizmi yo'qmi bunday ketma-ket o'yinlar bari bir futbolchilarni toliqtirib qo'yadi. Ammo biz keyingi o'yinga yaxshi tayyorlanamiz, muxlislarimiz bizdan ijobiy natija kutishayapti. Biz ularni xursand qilish uchun maydonga tushamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing