16 apr 19:57
Yangiliklar
RPL. "Ufa" 90+5 daqiqada gol urib, CSKA bilan o'yinda ochko ishladi. O'runov esa bu safar ham zaxirada qoldi
Afsuski, boshqirdistonliklarning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov oldingi o'yinda bo'lgani kabi bu safar ham zaxirada qoldirildi. Bahsdagi vaziyatlar esa o'yinning so'nggida ro'y berdi. CSKA o'ng qanot himoyachisi Mario Fernandes 88-daqiqa gol urdi. Ammo, Nikitinning 90+5 daqiqa urgan javob goli moskvaliklarning ortga 1 ochko bilan qaytishlariga sabab bo'ldi.
"Ufa" - CSKA 1:1
Gollar: 0:1 – 88 Fernandes, 1:1 – 90 Nikitin.
"Ufa": Belenov, Nikitin, Juravlev, Pliev, Yokich, Kamilov (Ivanov, 87), Fishenko (Saplinov, 88), Kabutov, Krotov (Emelyanov, 59), Agalarov (Golubev, 87), Kasintura (Ortis, 59).
CSKA: Akinfeev, Fernandes, SHennikov (Fuks, 63), Diveev, Biyol, Oblyakov, Gbamen, Muxin (Zagoev, 80), Zaynutdinov (Edjuke, 70), Karraskal (Zabolotniy, 63), Yaziji.
Ogohlantirishlar: Yokich (19), SHennikov (55), Ortis (60).
Fikrlar