30 avg 18:19
Yangiliklar
Futbol

Ruben Diash "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi
"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash klub bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi.
Kelishuv endilikda 2027 yilga qadar mo'ljallandi. Bu haqda "shaharliklar" rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Yangi shartnoma imzolashdan juda ham mamnunman. O'tgan mavsum "Man Siti"ga kelgan har bir daqiqamdan beri zavq olyapman. Bu ajoyib jamoaning bir qismi bo'lish yoqimli", - deydi himoyachi.
24 yoshli Diash o'tgan mavsum APLda eng yaxshi o'yinchi deb topildi.
Havola :
Fikrlar