05 avg 14:26
Yangiliklar
Futbol

Runi "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi
"Di Si Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi.
Runi "qizil iblislar"ning murabbiylar shtabidan joy olmoqchi. Bundan tashqari, forvardning xotini Kolin ham uyga qaytish niyatida. Runining amaldagi shartnomasi 2020 yil oxiriga qadar mo'ljallangan.
- Ueyn kelajagini o'ylamoqda va o'yinda qolish niyatida. U shuningdek oilasini saqlab qolishni va Kolin hamda bolalari uchun eng yaxshisini qilishni xohlaydi. SHunday ekan MYUdagi ish ajoyib bo'lar edi. Ueyn faqatgina murabbiylar shtabiga kirishni xohlaydi. U kelajakda Sulsher yaratayotgan ishlarning bir qismi bo'lishni istamoqda, - deydi Runining yaqini.
Ule Gunnar Sulsherning shtabiga allaqachon MYUning yana bir sobiq o'yinchisi Maykl Kerrik kiritilgan.
Havola :
Fikrlar