18 dek 14:50
Yangiliklar
Futbol

Runi MYU bilan shartnoma imzoladi
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runining o'g'li Kay klub akademiyasi kirdi.
"Ajoyib kun. Kay MYU bilan shartnoma imzoladi. Qattiq ishlashda davom et, o'g'lim", - deb yozgan katta Runi Twitter sahifasida.
Qayd etish kerakki, 11 yoshli Kay otasi o'ynagan 10-raqamni olgan.
Eslatib o'tamiz, katta Runi 2020 yilning noyabrida "Derbi Kaunti"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar