17 apr 07:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaev bo'lajak jangi oldidan fotosessiyada ishtirok etdi (FOTO)
Super engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullaev yakshanba tongida navbatdagi jangini o'tkazadi.
AQSHning Kaliforniya shtati Oushensayd shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida 22 yoshli hamyurtimizga filippinlik Jino Rodrigo raqib bo'ladi.
Ruslan Abdullaev mart oyida professional boksda debyut jangini o'tkazgan va nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Rodrigo esa shu kungacha prof boksda 19 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alabaga erishgan. Yana 4 ta jangda mag'lub bo'lgan, 2 to'qnashuvda esa durang qayd etilgan.
Kecha vakilimiz jangi oldidan rasmiy fotosessiyada qatnashdi:
Havola :
Manba : instagram.com/goldenboy
Fikrlar