20 apr 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaev filippinlik tajribali raqibiga qarshi jangidan qancha gonorar olgani malum bo'ldi
Bugun tongda AQSHning Kaliforniya shtati, Oushensayd shahrida "Golden Boy" kompaniyasining professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Turnir doirasida super engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullaev (2-0) filippinlik Jino Rodrigoga (13-5-2) qarshi bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Sporty Salaries nashrining malum qilishicha, Abdullaev bu jangi orqali 4 ming AQSH dollari, Jino Rodrigo esa 7 ming dollar gonorar ishlab olgan. Bundan tashqari, har ikki bokschi PPV kardida bahs olib borgani uchun pulli translyaciya tushumidan ham ulush oladi.
Takidlash joiz, bugungi g'alaba orqali bokschimiz WBA Continental Gold kamariga ega chiqdi.
Havola :
Manba : Sporty Salaries
Fikrlar