16 apr 16:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaev shu hafta jang o'tkazadi, raqib malum. Jang kamar uchun bo'ladi
Havaskor boksda jahon chempioni hisoblangan Ruslan Abdullaev professional ringda ikkinchi jangini o'tkazadi
O'zbekiston vaqti bilan 20 aprel tongida Kaliforniyada o'tkaziladigan boks oqshomida hamyurtimizga filippinlik Jino Rodrigo raqib bo'ladi. Ushbu jang WBA Intercontinental kamari uchun o'tkaziladi.
Ruslan Abdullaev mart oyida professional boksda debyut jangini o'tkazgan va nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Rodrigo esa shu kungacha prof boksda 19 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alabaga erishgan.4 ta jangda mag'lub bo'lgan, 2 ta jangda esa durang qayd etgan.
Jang oqshomi kardi bilan tanishing:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar