07 mar 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaevning prof boksdagi debyut jangi muddatidan avval yakunlandi + FOTO
Ayni daqiqalarda AQSHning Kaliforniyasida navbatdagi professional boks turniri o'tkazilyapti.
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida havaskor boksda jahon chempioni Ruslan Abdullaev professional boksdagi debyut jangini o'tkazdi. Hamyurtimiz meksikalik Xose Valenzuela Alvaradaga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangning ikkinchi raundidayoq Ruslan Abdullaev raqibini kuchli zarba evaziga texnik nokautga uchratdi. CHarm qo'lqop ustamiz debyut jangida chiroyli g'alabaga erishdi. 36 yoshli Xose Valenzuela Alvarada bugun 24-jangini o'tkazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar