So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

11 okt 19:36
Yangiliklar

Futbol

Rustam Ashurmatov: "Xafamiz deyolmayman, lekin xursand ham emasmiz"

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Rustam Ashurmatov Eronga qarshi bahs, Srechko Katanec va bo'lajak raqib haqida fikrlarini bildirdi.

"O'yin yaxshi o'tdi. Muhimi, birinchi o'rinda qoldik. To'g'ri, g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, lekin bu – futbol. Biz ochko yo'qotganimiz bilan raqibimiz ham ochko yo'qotdi. SHuning uchun xafamiz deyolmayman, lekin xursand ham emasmiz. 

Keyingi uchrashuvda o'ynamasligim aniq, chunki 2 ta sariq kartochka olishga ulgurdim. Bunday jarohat bilan oldin ham o'ynaganmiz. SHuning uchun bu narsa o'yinlar va mashg'ulotlarda qatnashishga xalaqit qilmaydi. 

Albatta, murabbiyning yo'qligi o'yinlarda tasirini o'tkazadi. Bosh murabbiy o'z nomi bilan bosh murabbiy. U yonimizda bo'lsa, ishonchimiz yana yuqori bo'lishi mumkin edi. Uning o'rnini bildirmaslikka harakat qilamiz.

Har bir jamoani hurmat qilamiz, ammo jamoamiz maydonga faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi. Sababi Eron bilan durang o'ynadik, BAAni yutishga majburmiz va qo'limizdan kelgan hamma narsani qilamiz", – dedi Ashurmatov. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning BAAga qarshi uchrashuvi 15 oktyabr kuni 19:00 da start oladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing