So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

01 okt 09:55
Yangiliklar

SHaxmat

Rustam Qosimjonov Angliyadagi turnirda durang o'ynadi

SHu kunlarda Angliyaning Men orolida shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o'tayotgan open-turnirda hamyurtimiz, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. SHveycarcha tizimda o'tkazilayotgan ushbu musobaqada jami 159 nafar shaxmatchi dona suryapti.

Ular orasida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, sobiq jahon chempioni hindistonlik Magnus Karlsen, umuman olganda, jahon reytingining yuqori elitasidagi barcha shaxmat yulduzlari bor.

Rustam Qosimjonov kecha o'tkazilgan 8-partiya uchrashuvida gollandiyalik grossmeyster Ervin L’Amiga qarshi qora donalarda harakat qilib, murosaga keldi. Hozircha hamyurtimiz 8 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'argan.


Peshqadam Magnus Karlsen hisobida 7 ochko bor. Kecha norvegiyalik jahon chempioni qora donalarda o'ynashiga qaramay, asosiy raqibi amerikalik Fabiano Karuanani mag'lubiyatga uchratdi.

Malumot uchun, turnir g'olibi 50 000 funt sterlingga ega bo'ladi. Ikkinchi o'rin sohibi 25 000, uchinchi o'rinni egallagan shaxmatchi 12 500 funt sterling miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritadi.

8-tur natijalari: Karuana – Karlsen 0-1, Nakamura – Sutovskiy 1-0, Fressine – Anand 0-1, Sokolov – Rapport 0-1, Xou Ifan – Bogner 1-0, Svapnil – SHort 1-0, Kramnik – Seturaman 1-0, Xauell – Timman 1-0, Jons – Baciashvili 1-0, Kostenyuk – SHirov 0-1. Vidit – Elyanov, Grandelius – Adams, L’Ami – Rustam Qosimjonov, Bindrix – Movsesyan, Akobyan – Lenderman partiyalari durang bilan yakunlandi.

8-turdan keyingi vaziyat: 1. M.Karlsen (Norvegiya) – 7; 2. X.Nakamura (AQSH) – 6,5; 3-8. V.Anand, S.Vidit, S.Svapnil (hammasi Hindiston), P.Elyanov (Ukraina), R.Rapport (Vengriya), Xou Ifan (Xitoy) – 6; 9-25. V.Kramnik (Rossiya), F.Karuana, V.Akobyan, J.SHong, A.Lenderman (hammasi AQSH), M.Adams, D.Xauell, G.Jons (hammasi Angliya), E.Sutovskiy (Isroil), P.Leko (Vengriya), Rustam Qosimjonov (O'zbekiston), S.Movsesyan (Armaniston), N.Grandelius (SHveciya), A.SHirov (Latviya), E.L’Ami (Gollandiya), F.Bindrix (Germaniya), L.Sunildut (Hindiston) – 5,5.

9-tur juftliklari: Karlsen – Nakamura, Anand – Xou Ifan, Elyanov – Svapnil, Rapport – Vidit, Jons – Kramnik, Akobyan – Karuana, Adams – SHong, SHirov – Xauell, Sutovskiy – Grandelius, Lenderman – Leko, Rustam Qosimjonov – Bindrix, Movsesyan – L’Ami, Valexo – Sunildut.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing