21 iyu 16:20
Yangiliklar
Tennis

Rustam Qosimjonov ertaga havaskorlarga qarshi dona suradi
O'zbekiston shaxmat federaciyasi 20 iyul - xalqaro shaxmat kuni munosabati bilan o'ziga xos turnir o'tkazadi.
“Tanish chehralar” nomini olgan ushbu ananaviy musobaqa ertaga, 22 iyul kuni shaxmatga ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'lib o'tadi.
Soat 10.00da boshlanadigan turnirda turli soha vakillari - ommaviy axborot vositalari xodimlari, shoir va yozuvchilar, huquqshunoslar ishtirok etishi mumkin. Turnirning faxriy mehmoni 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov.
Etiborlisi, havaskorlarga qarshi jahon hamda Osiyo
chempionati g'olib va sovrindorlari tezkor shaxmat yo'nalishida dona suradi. Havaskorlar
uchun 10, professional shaxmatchilarga 3 daqiqa vaqt berilgan.Hamkasblarimizni ushbu turnirda qatnashishga taklif etamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar