12 okt 19:57
Yangiliklar
SHaxmat

Rustam Qosimjonov Magnus Karlsenga qarshi o'yin o'tkazdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Angliyaning Men orolida dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirokida nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.
Avvalroq, hamyurtimiz Rustam Qosimjonov amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi o'yin o'tkazdi. Bahs yakuniga ko'ra tomonlar o'zaro durang qayd etishd - 0,5:0,5.
Boshqa bir yosh shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ham rossiyalik Vladimir Fedoseevga qarshi bahsda murosa ko'chasini tanladi.
SHaxmatchilarimiz uchinchi turdan so'ng ikki ochkodan jamg'arishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar