So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

29 may 11:26
Yangiliklar

SHaxmat

Rustam Qosimjonov peshqadamlar safiga qaytdi

Poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida o'tkazilayotgan Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida musobaqaning sakkizinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov ushbu turda oq donalarda harakat qildi. 17-jahon chempioni yana bir hamyurtimiz Nikita Xoroshevni mag'lubiyatga uchratdi. 

15 yoshli xalqaro grossmeyterimiz Nodirbek Abdusattorov esa peshqadam, qozog'istonlik grossmeyster Rinat Jumaboev bilan durang o'ynadi. Tajribali grossmeysterimiz Marat Jumaev qozog'istonlik Murtaz Kajgaleevga imkoniyatni boy berib qo'ydi.  

Sakkizinchi turdan so'ng musobaqa jadvalida qo'shhokimlik yuzaga keldi. Rinat Jumaboev va Rustam Qosimjonov 6 ochkodan jamg'arishgan. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Jumaboev birinchi o'rinni egallab turibdi. Nodirbek Abdusattorov va Murtaz Kajgaleev 5,5 ochko bilan kuchli to'rtlikdan joy olgan. 

Bugun so'nggi 9-turda Rustam Qosimjonov oq donalarda Kajgaleevga, Rinat Jumaboev vatandoshi Pyotr Kostenkoga qarshi bahs olib boradi. Abdusattorov esa qora donalarda SHamsiddin Vohidovga qarshi harakat qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing