22 dek 07:30
Yangiliklar
Tennis

Sabina Anqaradagi turnir juftligida yarim finalga chiqdi
Turkiyaning Anqara shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Yakkalikdagi ishtirokini ikkinchi davrada to'xtatgan Sabina endi bor etiborini juftliklar bellashuviga qaratgan.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi juftlikda rossiyalik Ekaterina Yashina bilan tandem xosil qilgan. Ular kecha chorak final bahsida turnirning ikkinchi raqamli juftligi - rossiyalik Veronika Kudermetova va bolgariyalik Aleksandrina Naydenovadan 7:5, 3:6, tay‑brekda 10:6 hisobida ustun kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar