12 sen 14:36
Yangiliklar

Sabina Guyayn turnirining juftligida chorak finalga chiqdi
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilmoqda.
SHaripova birinchi davrada yaponiyalik Miyabi Inoueni mag'lub etgandi. Bir necha daqiqa avval Sabina juftlik musobaqasida ham kortga chiqdi. Belaruslik Lidya Morozova bilan birga birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan vakilamiz yaponiyalik tennischilar - SHixo Akita va Nagi Xanatani hamkorligini 6:1, 6:0 hisobida taslim etdi.
Uchrashuv bor yo'g'i 40 daqiqa davom etdi. Sabina va
Lidyaning yarim final yo'lidagi raqibalari, xitoylik tennischilar SHeng Yuki hamda
Jeng Vushuang bo'ladi.
Fikrlar