04 iyu 11:46
Yangiliklar
Tennis

Sabina juftliklar bahsidagi ishtirokini chorak finaldan boshlaydi
Xabar berganimizdek, bugun Germaniyaning Darmshdat shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
SHuningdek, vakilamiz turnirning juftliklar musobaqasida ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Rossiyalik Yana Sizikova bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan SHaripova to'g'ridan-to'g'ri chorak finaldan bahslarga kirishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar