So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

17 avg 15:19
Yangiliklar

Tennis, Osiyo o'yinlari

Sabina SHaripova: "Bu men uchun uchinchi Osiyo o'yinlari, unda chempion bo'lishni xohlayman"

Xabar berganimizdek, bugun tennis bo'yicha ham erkaklar, ham ayollar terma jamoasi Palembang shahridagi "Jakabaring" markazida mashg'ulot o'tkazdi.

Ertaga yakkalik, juftlik hamda miks, yani aralash juftlik bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Yakshanba kunidan etiboran esa tennis musobaqasiga start beriladi. Ayni daqiqalarda tennischilarimiz bugunga belgilangan ikkinchi mashg'ulotni o'tkazishyapti. 

Biz mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripovadan intervyu oldik. Bu SHaripova uchun uchinchi Osiyo o'yinlari bo'ladi. 

"O'zim uchun uchinchi Osiyo o'yinlarida chempion bo'lishni istayman. Buning uchun astoydil harakat qilaman. Jamoamizning umumiy g'alabasiga xissa qo'shmoqchiman. Raqiblarimiz ham anoyi emas. Ular ham Palembangga g'alaba ishtiyoqida kelishgan. 

SHaroitlarga to'xtaladigan bo'lsam, bu borada hech qanday muammoga duch kelmayapmiz. Hamma narsa sportchilar uchun. Faqat havo harorati biroz baland, aniqrog'i namlik yuqori. Ammo, bu biz uchun bahona bo'la olmaydi", - dedi S. SHaripova.

 

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi (Palembang, Indoneziya)

Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing