27 okt 11:10
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Lyuchjou turnirida chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Lyuchjou shahrida davom etayotgan turnirda chorak finalga chiqdi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan. Sabina hozirgina ikkinchi davra uchrashuvini yakunladi.
Dunyo reytingida 157-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida saralash musobaqasi g'olibalaridan biri, xitoylik Jia-Kiyu Kangga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 3 daqiqa davom etgan bahsda vakilamiz 3:6, 6:1, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar