04 mar 16:50
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova o'zidan 231 pog'ona pastdagi raqibasiga yutqazib qo'ydi
Turkiyaning Antalya shahrida ITF tasnifiga kiruvchi turnir bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun tennischimiz Sabina SHaripova turnirning 1/8 final bosqichida niderlandiyalik Lexi Stivensga qarshi kortga chiqdi.
Musobaqada 3-raqam ostida saralangan SHaripova afsuski, o'zidan 231 pog'ona quyidagi raqibasiga 2 setda 1/6, 3/6 hisobida yutqazib qo'ydi. Malumot uchun, jahon reytingida SHaripova 371, Stivens esa 602-o'rinni egallab turibdi.
SHuningdek, tennischimiz turnirning juflik bahslarida yaponiyalik Xiroku Kuvata bialn tandem hosil qilgan holda ishtirok etmoqda. Turnirda 1-raqam ostida saralangan Sabina va uning sherigi birozdan so'ng italiyalik Enola Keza va ukrainalik Viktoriya Dema jufligiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar