08 avg 14:02
Yangiliklar
Sabina SHaripova WTA reytingini tark etdi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning Top-10 ligida kichik o'zgartirish kuzatildi. Ispaniyalik Paulo Badosa yangilangan reytingda 1 pog'ona yuqorilab, jahonning 3-raketkasiga aylandi. Greciyalik Mariya Sakkari esa 4-o'ringa joylashdi. San-Xose turniridagi g'alabadan so'ng rossiyalik Darya Kasatkina 3 o'rin ko'tarildi va Top-10 ga kirib oldi. Reytingni hamon polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova bu hafta o'z o'rnidan 12, Akgul Amanmuradova esa 4 pog'ona yuqoriladi.
Etiborlisi, 1 avgust kuni elon qilingan WTA reytingda 987-o'rinni egallab turgan 3-raketkamiz Sabina SHaripova bu hafta reytingni tark etganini ko'rishimiz mumkin. WTA elon qilgan bugungi reytingda faqatgina 4 nafar tennischimizning o'rinlari qayd etilgan.
WTA reytingi. 8 avgust holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8396 ochkov
2. (2) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4476
3. (4) Paula Badosa (Ispaniya) - 4190
4. (3) Mariya Sakkari (Greciya) - 4190
5. (5) Ons Jaber (Tunis) - 4010
6. (6) Arina Sobolenko (Belarus) - 3366
7. (7) Jessika Pegula (AQSH) - 3116
8. (8) Garbin Mugurusa (Ispaniya) - 2886
9. (12) Darya Kasatkina (Rossiya) - 2800
10. (10) Emma Radukanu (Buyuk Britaniya) - 2772
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
175 (187). Nigina Abduraimova - 364
683 (687). Akgul Amanmuradova - 45
1433 (1445). Sevil Yuldasheva - 5
1501 (1511). Milana Maslenkova - 3.
Fikrlar