27 fev 10:25
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripovaning asosiy to'rdagi raqibasi malum
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan WTA turnirining asosiy to'riga yo'llanma olgan edi.
Istedodli tennischimizning asosiy to'r ilk bosqichidagi raqibasi malum bo'ldi. Sabina Se SHuveyga qarshi kortga chiqadi. Xitoy Taypeyilik bu tennischi dunyo reytingida 102-o'rinni egallab turibdi. Sabina esa 137-pog'onani band etgan.
Eslatib o'tamiz, SHaripova saralash bahslarida malayziyalik Teyviyo Selvarajja va gollandiyalik Sindi Byurgerdan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar