29 jan 10:05
Yangiliklar
Tennis

Sabina St. Petersburg Ladies Trophy saralashini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida start olgan nufuzli turnirning saralash bahslaridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
St. Petersburg Ladies Trophy turnirining sovrin jamg'armasi 710,900 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbumusobaqadagi ishtirokini saralash bahslaridan boshladi.
Kecha Sabina ilk davrada Patriciya Mariya Tigga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 6:2 hisobida SHaripova foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setning beshinchi geymidan so'ng ruminiyalik tennischi bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib, Sabina 4:1 hisobida oldinda edi.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 147, Patriciya esa 107-o'rinni egallab turibdi. Bugun hamyurtimiz rossiyalik Anastasiya Kamardinaga qarshi kortga chiqadi. 19 yoshli Kamardina WTA reytingida 201-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar