28 jan 07:07
Yangiliklar
Tennis

Sabina St. Petersburg Ladies Trophy saralashini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida start olgan nufuzli turnirning saralash bahslarida ishtirok etyapti.
Turnirning sovrin jamg'armasi 799 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra saralashning birinchi davrasida ispaniyalik Lara Arruabarrena-Vesinoga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sabina kuchli raqibasini 3:6, 7:6(7:4), 7:5 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bugun SHaripova saralashning ikkinchi davrasida rossiyalik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, saralashning oltinchi raketkasi
sifatida qayd etilgan Lara dunyo reytingida 87, Sabina 176, Ribakina esa 454-o'rinni
egallab turibdi. Asosiy to'rga chiqishi uchun tennischimiz yana ikkita uchrashuvda
g'alaba qozonish talab etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar