08 apr 16:30
Yangiliklar
Tennis

Sabina va Oqgul Turkiyadagi 60 000 AQSH dollarlik turnirda ishtirok etadilar
Kelasi hafta Turkiyaning Istanbul shahrida mukofot jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil qiladigan turnir bo'lib o'tadi.
Ushbu turnirda tennischilarimiz Sabina SHaripova va Oqgul Omonmurodovalar ishtirok etadilar. Sabina ushbu musobaqaning ikkinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan. Oqgul Omonmurodova esa ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi. Uning ilk raqibi bolgariyalik Yuliya Terziyska bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar