26 jan 16:08
Yangiliklar
Futbol

Sadriddin Abdullaev 10 yildan so'ng "Paxtakor"ga qaytdi
O'zbekiston vice-chempioni - "Paxtakor" yangi mavsum oldidan yana bir transferga qo'l urdi.
So'nggi uch mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Sadriddin Abdullaev bugun "Paxtakor" bilan shartnoma tuzdi. Futbolchi 2009 yil "sherlar" safini tark etgandi va 10 yildan so'ng yana shu jamoaga qaytdi.
2018 yilgi mavsumda Abdullaev Superligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar