25 okt 11:55
Yangiliklar
Boshqalar, Futbol
Sahob Jo'raev futzalda, u “Bunyodkor” klubida o'ynayapti
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq himoyachisi Sahob Jo'raev faoliyatini futzalda davom ettiradi.
O'zbekiston milliy terma jamoasida 23ta o'yin o'tkazgan himoyachi bu yil boshida “Oq-tepa” klubida paydo bo'lgandi. Biroq tez orada futbolchi va klub shartnomani bekor qilishdi. SHundan so'ng Sahob Jo'raev butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
Biroq yaqinda Jo'raev faoliyatini futzalda davom ettirishni maqul ko'rdi. Himoyachi “Bunyodkor” futzal klubida o'ynaydigan bo'ldi.
Futbolchi oliy ligada “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Olmaliq” kabi klublarda faoliyat olib bordi. Sahob Jo'raev 6 marta O'zbekiston chempioni, 5 marta O'zbekiston kubogi sohibi, 2 bor O'zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar