So’nggi yangiliklar

23:45Шара Буллет Бакуда оғир жанг ўтказди 0 23:408 нафар ўзбекистонлик ММА усталари Octagon 88 турнирида жанг қилишди (Барча натижалар бир саҳифада) 0 23:37Одилхон ва Камил Каратэ трилогияси тўлиқ 5 раунд давом этди 0 23:01Марсель билан жанг қилиши кутилган Бобур Абдулазизов тажрибали қозоқ ММАчисини биринчи раунднинг ўзида "тинчитди" 0 22:45Темировга рақобатчи Асу Алмабаев UFC'да навбатдаги ғалабасини нишонлади. У Рамазон мағлуб этган жангчини таслим қилди 0 22:37Нурсултон Рўзибоевнинг UFC'даги ғалабали юриши давом этган жангдан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 22:20"Сатурн" Қозоғистонда навбатдаги жангини ўтказди (ВИДЕО) 0 22:20Нурсултон Рўзибоев жанг қиладиган UFC Baku турниридан ОНЛАЙН 0 22:02Нурсултонга мағлуб бўлган Бруно Феррейра бу сафар Икрам Алискеровга имкониятни бой берди 0 20:03Нурсултон Рўзибоев россиялик Андрей Пуляевни "ухлатиб қўйди" 0 17:31Анвар Анваровдан навбатдаги рекорд 0 16:55Жервонта Дэвис "таътилдаги чемпион" деб эълон қилинди, WBA камари учун кимлар жанг қилиши маълум 0 16:21ЖЧ-2026. 66 та ўйиндан 18 тасида йирик ҳисоб. Бу нимадан далолат? 0 15:49Оқ уйдаги UFC турнири - MMA тарихидаги энг кўп томоша қилинган тадбир! 0 15:16Махачев ва Гэрри иштирокидаги UFC 330 турнирига яна тўртта жанг қўшилди 0

14 apr 18:06
Yangiliklar

Stol tennisi

Saida Mahmudova stol tennisi federaciyasi mutasaddilari va murabbiylari bilan onlayn konferenciya o'tkazdi

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sabab o'z faoliyatini masofadan olib bormoqda.

Jumladan, mamlakatimiz stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova bugun federaciya mutasaddilari va xodimlari hamda viloyat murabbiylari bilan videokonferenciya orqali bog'landi. Unda karantin qoidalariga qattiq rioya qilish, karantin vaqtida masofaviy mashg'ulotlar olib borish va murabbiy hamda sportchilarni sog'liqlarini nazorat qilish kabi masalalar ko'rildi.

S.Mahmudova suhbat davomida xodimlarning salomatligi va karantin vaqtida kunni qanday o'tkazayotganligi, muammo va kamchiliklar haqida so'radi. SHuningdek, har qanday holatda ham ishni samarali olib borish va karantin qoidalarini buzmaslik, sportchilar ustidan doimi nazoratni taminlash bo'yicha ko'rsatmalar berdi. Stol tennis bo'yicha terma jamoa murabbiylari va shifokorlariga sportchilarning uy sharoitida olib borilayotgan mashg'ulotlarini kuzatib borish hamda ularning salomatligi haqida hisobot berishlarini so'radi.

Videokonferenciyada Toshkent shahar va viloyat murabbiylarining olib borayotgan faoliyatlar haqida hisobotlar tinglandi. Suhbat yakunida Saida Mahmudova tomonidan mamlakatimiz stol tennisi federaciyasi barcha azolari o'rtasida mazkur sport turi bo'yicha «Eng yaxshi videorolik» chellenjni o'tkazish taklifi berildi va bu bir ovozdan maqullandi.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing