04 may 12:21
Yangiliklar
SHaxmat

Saida Mirziyoeva Nodirbek Abdusattorovni tabrikladi
Kecha o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov SHveciyaning Malmyo shahrida tashkil etilgan "TePe Sigeman Chess Tournament-2024" turniri g'olibiga aylangan edi.
SHu munosabat bilan O'zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoeva shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovni tabrikladi:
"Grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov navbatdagi g'alabasiga erishdi! SHveciyaning Malmyo shahrida o'tkazilgan nufuzli TePe Sigeman 2024 turnirida Nodirbek chempion bo'ldi va O'zbekiston #ChessNation ekanini yana bir bor isbotladi. Faqat oldinga, Nodirbek!," deb yozdi Saida Mirziyoeva.
Malumot uchun, Nodirbek Abdusattorov ayni damda FIDE reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:59
Freestyle Chess Grand Slam. Javohir va Nodirbek pley-offdagi ilk o'yinlarda qanday natija ko'rsatdi? 0
Fikrlar