17 iyu 08:14
Yangiliklar
Saidalo Gruziyadagi turnirda ikkita uchrashuv o'tkazdi
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ikki hamyurtimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. SHonig'matjon SHofayziev va Saidalo Saidkarimov reyting o'rinlari sabab saralash turniridan bahslarga qo'shilishdi.
Saralashning to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan Saidkarimov avvaliga belaruslik Uladzislau Jukdan 6:3, 6:4, keyin isroillik Oz Danieldan 6:3, 6:3 hisobida ustun keldi. Saralashning final o'yinida esa argentinalik Franko Feyttga 3:6, 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, bir kun avval SHonig'matjon SHofayziev saralashning ilk davrasida argentinalik Lautaro Agustin Falabellaga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Fikrlar