03 avg 21:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidjamshid Jafarov O'zbekiston terma jamoasiga uchinchi kumush medalni taqdim etdi
Rossiya Federaciyasining Kaspiysk shahrida boks bo'yicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa yakuniga etdi.
Biroz avval turnirda -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Saidjamshid Jafarov finalda rossiyalik Ramazan Saaduevga qarshi jang o'tkazdi.
Jang bokschimiz uchun oson kechgani yo'q. Uchinchi raundda hamyurtimizning qoshi yorilib ketgani uchun jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahsda bokschimiz ustunlikka erishgan bo'lsada, yakunda hakamlar mezbon sportchining g'alaba qozonganini qayd etishdi.
SHu tariqa, Saidjamshid musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar