27 mar 08:55
Yangiliklar

Saidkarimov Bahrayndagi turnirda asosiy to'rga chiqdi
Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslar boshlanadi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning saralash bahslarida uch nafar tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Ulardan birgina Saidalo Saidkarimovgina asosiy to'rga yo'llanma oldi.
Istedodli tennischimiz saralash bahslarida 10-raqam ostida tasniflangan edi. U avvaliga hindistonlik Ximansu Sagarni 6:2, 6:0 hisobida mag'lub etdi. Keyin esa 6-raqam ostida saralangan gollandiyalik Roy De Valkdan 7:6(4), 0:6, 6:4 hisobida ustun keldi.
Qolgan tennischilarimiz SHonig'matjon SHofayziev va Amal Sultonbekov saralash bahslarida mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Saidkarimovdan tashqari, asosiy to'r bahslarida Sanjar Fayziev ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar