04 apr 07:50
Yangiliklar
Tennis

Saidkarimov Dohada asosiy to'rga chiqa olmadi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning saralash bahslarida ikki tennischimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgan edi. Ulardan biri Saidalo Saidkarimov asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda kortga chiqdi.
Saidkarimov saralashdagi ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshladi. U bu davrada shveycariyalik Brayan Benchichni 3:6, 6:3, 7:6(4) hisobida mag'lub etdi. Afsuski, tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi bahsda shveycariyalik Endryu Ruppliga 2:6, 6:7(4) hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar