So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

12 avg 10:20
Yangiliklar

SHaxmat

Saint Louis Rapid & Blitz. Abdusattorov birinchi kun uch amerikalik grossmeyster bilan o'ynadi

AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 175 000 dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnir boshlandi.

Bu hisob bo'yicha GCT turkumidagi to'rtinchi musobaqa bo'lib, dunyoning ko'zga ko'ringan yulduzlari bosh sovrin uchun o'zaro bahslarga kirishishdi. 15 avgustga qadar davom etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Musobaqa formatiga ko'ra, o'yinlar 3 kun rapid (25+10) va 2 kun blic (5+2) yo'nalishida o'tkaziladi. Rapidda g'alaba uchun 2, blicda esa 1 ochko beriladi. Rapid turniri 9 tur, blic musobaqasi esa aylana tizimda 18 turdan iborat bo'ladi. 

Saint Louis Rapid & Blitz turniri ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Fabiano Karuana (AQSH), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Uesli So (AQSH), Le Kuang Lem (Vetnam), Lener Domingez (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Sem SHankland (AQSH), Grigoriy Oparin (AQSH)

Musobaqaning birinchi kuni rapid yo'nalishida 3 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Nodirbek uchchala partiyada ham amerikalik grossmeysterlarga qarshi bahs olib bordi. Birinchi turda qora donalarda Uesli So bilan durangga imzo chekdi. Ikkinchi turda Fabiano Karuanaga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi turda esa yutuqli partiyada qo'pol xatoga yo'l qo'yishi natijasida Levon Aronyanga alamli tarzda yutqazib qo'ydi. 

Bugun Abdusattorov 4-turda yana AQSH vakili Grigoriy Oparinga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Beshinchi turda qora donalarda vetnamlik grossmeyster Le Kuang Lem, 6-turda oq donalarda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik azaliy raqibi Gukesh Dommaradju bilan hisob-kitob qiladi. Bugun ham rapid bahslarida 3 ta tur o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing