So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

15 avg 09:38
Yangiliklar

SHaxmat

Saint Louis Rapid & Blitz. Abdusattorov blic bahslarini yaxshi boshladi, amaldagi jahon chempioni mag'lub etildi

AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 175 000 dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Bu hisob bo'yicha GCT turkumidagi to'rtinchi musobaqa bo'lib, dunyoning ko'zga ko'ringan yulduzlari bosh sovrin uchun o'zaro bahs olib bormoqda. Turnirda Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. 

Musobaqa formatiga ko'ra, o'yinlar 3 kun rapid (25+10) va 2 kun blic (5+2) yo'nalishida o'tkazilmoqda. Rapidda g'alaba uchun 2, blicda esa 1 ochko beriladi. Rapid turniri 9 tur, blic musobaqasi esa aylana tizimda 18 turdan iborat bo'ladi. 

Saint Louis Rapid & Blitz turniri ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Fabiano Karuana (AQSH), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Uesli So (AQSH), Le Kuang Lem (Vetnam), Lener Domingez (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Sem SHankland (AQSH), Grigoriy Oparin (AQSH)

Musobaqaning to'rtinchi kuni blic, yani tezkor shaxmat yo'nalishida dastlabki 9 ta tur uchrashuvi o'tkazildi. Bundan avvalgi Rapid & Blitz turnirida bo'lgani singari Nodirbek aynan blic bahslarini juda yaxshi boshladi. Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju, turnir etakchilaridan Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Lener Dominges, Sem SHanklandni mag'lubiyatga uchratdi. Maksim Vashe-Lagrav, Le Kuang Lem bilan durang o'ynadi. G'alabali poziciyalarda Uesli So va Grigoriy Oparinga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Blic musobaqasining ilk kuni Levon Aronyan, Uesli So, Nodirbek Abdusattorov, Le Kuang Lem va Grigoriy Oparin bir xilda 6 ochkodan jamg'arishdi. Blic baxslarining turnir jadvalida Arnoyan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilyapti. Uesli So ikkinchi, Nodirbek esa uchinchi o'rinni band etgan.

Rapid va blic bahslarining umumiy jadvalida esa Abdusattorov Uesli So bilan birga 4-o'rindan joy olgan. Har ikki shaxmatchi 15 ochkodan jamg'argan. Levon Aronyan 19 ochko bilan yakka karvonboshi bo'lib turibdi. Bugun blic bahslarida yana 9 ta tur o'ynaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing