So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

13 avg 10:41
Yangiliklar

SHaxmat

Saint Louis Rapid & Blitz. Abdusattorov ikkinchi kun bahslarini yaxshi o'tkazdi

AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 175 000 dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Bu hisob bo'yicha GCT turkumidagi to'rtinchi musobaqa bo'lib, dunyoning ko'zga ko'ringan yulduzlari bosh sovrin uchun o'zaro bahslarga kirishgan. 15 avgustga qadar davom etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. 

Musobaqa formatiga ko'ra, o'yinlar 3 kun rapid (25+10) va 2 kun blic (5+2) yo'nalishida o'tkaziladi. Rapidda g'alaba uchun 2, blicda esa 1 ochko beriladi. Rapid turniri 9 tur, blic musobaqasi esa aylana tizimda 18 turdan iborat bo'ladi. 

Saint Louis Rapid & Blitz turniri ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Fabiano Karuana (AQSH), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Uesli So (AQSH), Le Kuang Lem (Vetnam), Lener Domingez (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Sem SHankland (AQSH), Grigoriy Oparin (AQSH)

Musobaqaning birinchi kuni rapid yo'nalishida 3 ta tur uchrashuvi o'tkazilib, unda Nodirbek 1 durang, 2 mag'lubiyat qayd etgandi. Abdusattorov ikkinchi kun o'tkazilgan 3 ta uchrashuvning bittasida g'alaba qozonib, 2 tasida raqiblari bilan durangga imzo chekdi. U 4-turda AQSH vakili Grigoriy Oparinni mag'lubiyatga uchratdi. Beshinchi turda qora donalarda vetnamlik grossmeyster Le Kuang Lem, 6-turda esa oq donalarda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik azaliy raqibi Gukesh Dommaradju bilan murosaga keldi. 

Bugun rapid bahslarining uchinchi kuni yana 3 ta tur uchrashuvi o'tkaziladi. Abdusattorov 7-turda qora donalarda franciyalik Maksim Vashe-Lagrva, 8-turda ham qora donalarda amerikalik Sem SHankland, 9-turda esa oq donalarda yana bir AQSH vakili Lener Domingesga qarshi bahs olib boradi. Hozircha hamyurtimiz 5 ochko bilan 10 ishtirokchi orasida 7-o'rinni egallab turibdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing