So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

14 avg 09:14
Yangiliklar

SHaxmat

Saint Louis Rapid & Blitz. Abdusattorov uchinchi kun bahslarini ham zo'r o'tkazdi

AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 175 000 dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Bu hisob bo'yicha GCT turkumidagi to'rtinchi musobaqa bo'lib, dunyoning ko'zga ko'ringan yulduzlari bosh sovrin uchun o'zaro bahslarga kirishgan. 15 avgustga qadar davom etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. 

Musobaqa formatiga ko'ra, o'yinlar 3 kun rapid (25+10) va 2 kun blic (5+2) yo'nalishida o'tkaziladi. Rapidda g'alaba uchun 2, blicda esa 1 ochko beriladi. Rapid turniri 9 tur, blic musobaqasi esa aylana tizimda 18 turdan iborat bo'ladi. 

Saint Louis Rapid & Blitz turniri ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Fabiano Karuana (AQSH), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Uesli So (AQSH), Le Kuang Lem (Vetnam), Lener Domingez (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Sem SHankland (AQSH), Grigoriy Oparin (AQSH)

Musobaqaning uchinchi kuni rapid yo'nalishida so'nggi 3 ta tur uchrashuvi o'tkazilib, unda Nodirbek 2 durang va 1 g'alaba qayd etdi. Ikkinchi kungi bahslarda ham Abdusattorov 3 ta uchrashuvning bittasida g'alaba qozonib, 2 tasida raqiblari bilan durangga imzo chekkandi. Kecha Nodirbek 7 va 8-turlarda qora donalarda franciyalik Maksim Vashe-Lagrav hamda amerikalik Sem SHankland bilan murosaga keldi. To'qqizinchi turda esa oq donalarda yana bir AQSH vakili Lener Domingesni mag'lubiyatga uchratdi. 

SHu tariqa, musobaqaning rapid yo'nalishi bahslari yakuniga etdi. Turnir jadvalida Fabiano Karuana 14 ochko bilan yakka peshqadam bo'ldi. Levon Aronyan 13 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 11 ochko bilan Maksim Vashe-Lagrav yakun yasadi. Hamyurtimiz esa 9 ochko bilan 10 ishtirokchi orasida ekvatordan joy oldi. Uesli So, Nodirbek Abdusattorov va Lener Dominges bir xilda 9 ochkodan jamg'arishdi. 

Bugundan Saint Louis Rapid & Blitz turnirida blic turniri boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing