So’nggi yangiliklar

17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0

15 avg 09:56
Yangiliklar

SHaxmat

Saint Louis Rapid & Blitz. Nodirbek Abdusattorov rapid bahslaridagi ishtirokini yakunladi

AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirokida nufuzli turnir davom etmoqda.

Saint Louis Rapid & Blitz musobaqasi "Grand Chess Tour" loyihasi doirasidagi to'rtinchi turnir bo'lib, uning mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bosh sovrin uchun birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib boryapti. 

Turnir aylanma formatda, rapid va blic yo'nalishlarida vaqt nazoratida o'tkazilyapti. Grossmeysterlar 9 tur rapid, 18 tur blic yo'nalishida o'zaro dona surishadi. Musobaqaning dastlabki uch kuni rapid bahslari o'tkazildi. Qolgan ikki kun esa endi blic turniri tashkil etiladi. Rapid qismidagi g'alabaga 2, durangga 1 ochko berildi. 

Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), Levon Aronyan, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Lener Dominges, Uesli So (hammasi AQSH), Maksim Vashe-Lagrav, Alirizo Firuzja (ikkisi Franciya), Yan Nepomnyashiy (FIDE), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston)

Musobaqaning uchinchi kuni ham shaxmatchilar 3 ta turda to'qnash kelishdi. Nodirbek Abdusattorov kecha 1 g'alaba, 1 durang va bir mag'lubiyat qayd etdi. Hamyurtimiz asli armanistonlik, bir necha yildan beri AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyanni mag'lubiyatga uchratdi. FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan murosaga keldi. Amerikalik Uesli Soga esa imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra rapid bahslarini 9-o'rinda yakunladi. Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha 4 ochko bilan so'nggi pog'onadan joy oldi. Yan Nepomnyashiy 11 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 1-o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni yakunlab bergan franciyalik grossmeysterlar Alireza Firuzja va Maksim Vashe-Lagrav ham 11 ochkodan jamg'arishdi.   

Bugun Saint Louis Rapid & Blitz musobaqasining blic bahslariga start beriladi. Ilk tur uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 23:00da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing