So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

16 avg 08:47
Yangiliklar

SHaxmat

Saint Louis Rapid & Blitz turniri yakunlandi. Abdusattorov blicda birinchi bo'ldi

AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 175 000 dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.

Bu hisob bo'yicha GCT turkumidagi to'rtinchi musobaqa bo'lib, dunyoning ko'zga ko'ringan yulduzlari bosh sovrin uchun o'zaro bahs olib borishdi. Turnirda grossmeysterimiz, rapid yo'nalishida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Musobaqa formatiga ko'ra, o'yinlar 3 kun rapid (25+10) va 2 kun blic (5+2) yo'nalishida o'tkazildi. Rapidda g'alaba uchun 2, blicda esa 1 ochko berildi. Rapid turniri 9 tur, blic musobaqasi esa aylana tizimda 18 turdan iborat bo'ldi. 

Saint Louis Rapid & Blitz turniri ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Fabiano Karuana (AQSH), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Uesli So (AQSH), Le Kuang Lem (Vetnam), Lener Domingez (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Sem SHankland (AQSH), Grigoriy Oparin (AQSH)

Musobaqaning beshinchi kuni blic, yani tezkor shaxmat yo'nalishida yana 9 ta tur uchrashuvi o'tkazildi. Abdusattorov kechagi kun startida ketma-ket ikkita g'alabaga erishdi. Maksim Vashe-Lagrav va Grigoriy Oparin taslim etildi. Uchinchi turda Nodirbek "ushlaganni yurish" qoidasi sabab bitta piyodasini yo'qotgan bo'lishiga qaramay, yakunda peshqadam Levon Aronyan bilan durang qayd eta oldi.    

To'rtinchi partiyada amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga qarshi bahsda katta ustunlikka ega bo'lsa-da, vaqt kamligi tufayli alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Blicning birinchi kuni Abdusattorov Gukeshni mag'lub etgandi. Keyin hamyurtimiz Uesli So, Sem SHankland va Lener Dominges bilan durangga imzo chekdi. Reyting etakchisi Fabiano Karuanani ikkinchi marotaba ham taslim etdi. So'nggi turda vetnamlik grossmeyster Le Kuang Lem bilan durang o'ynadi. 

Bor yo'g'i yarim ochko uni sovrinli uchlikdan ajratib qoldi. Bir ochko ko'proq jamg'arganida esa musobaqada ikkinchi o'rinni egallardi. SHunga qaramay, Nodirbek blic turnirida 18 turdan 11,5 ochko jamg'arib, 1-o'rinni egalladi. Abdusattorov rapid yo'nalishida 7-o'rin bilan cheklangandi. Aynan o'sha rapidda yo'qotilgan qimmatli ochkolar hamyurtimizni yakunda umumiy ro'yxatda 4-o'rinni egallashini "taminladi". 

Asli armanistonlik, bir necha yildan beri AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyan — Saint Louis rapid and blitz 2025 turniri chempioniga aylandi. Aronyan turnir yakunlanishiga 3 tur qolganida chempionlikni amalda rasmiylashtirdi. Fabiano Karuana rapidda 1-o'rinni egallaganiga qaramay, blic bahslarida 18 turdan 7,5 ochko to'plab (blicda 8-o'rin), umumiy jadvalda 2-o'rinni band etdi. Nodirbekni 0,5 ochkoga ortda qoldirgan franciyalik Maksim Vashe-Lagrav musobaqani kuchli uchlikda yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing