29 avg 11:33
Yangiliklar
Sakkiz dzyudochimiz Osiyo chempionatining finalida, uch nafari bronza uchun tatamiga chiqadi
Ushbu qita birinchiligida 16 davlatdan 169 nafar (96 o'smir, 73 qiz) dzyudochi medallar yo'lida bahslarga kirishgan. Ular qatorida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining to'liq tarkibdagi dzyudochilari ham bor.
Quvonarlisi, bugungi saralash bellashuvlaridan so'ng 11 nafar dzyudochimiz qita chempionatining medallari uchun tatamiga chiqadigan bo'ldi. Sakkiz dzyudochimiz finalda, uch nafari esa bronza medali uchun bahs olib boradi.
Oltin medal uchun
-40 kg: Dinara Hasanova
-44 kg: Dilnoza Hamitova
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-50 kg: Xushnudbek Burhonov
-55 kg: Muhammad Nosirov
-60 kg: Bahrom Asadov
-60 kg: Muhammad Masharipov
-66 kg: Umirzoq Qurbonmurodov
Bronza medal uchun
-48 kg: Nargiz Do'stmamatova
-48 kg: Zuhra Alimova
-55 kg: Dilshod Karimov
Osiyo chempionatining ilk kungi final dasturi bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi.
Fikrlar