04 fev 12:23
Yangiliklar
Futbol

Sala o'tirgan samolyot qoldig'i topildi FOTO
Qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotgan guruh "Kardiff" futbolchisi Emiliano Sala o'tirgan samolyot qoldig'ini topdi.
O'tgan haftada futbolchi va uchuvchini qidirish ishlari to'xtatilgandi. Biroq muxlislar va boshqa mashhurlar tomonidan yig'ilgan pullar evaziga qidiruv ishlari qayta boshlandi. Unga yanada kattaroq guruh jalb qilindi va bu o'z natijasini berdi.
Malumotlarga ko'ra, samolyot qoldig'i shimoliy Franciyadan 450 kilometr uzoqlikda topilgan. Samolyot ko'plab bo'laklarga bo'linib ketgan, ammo hozircha Jeyms Ibbotson va Emiliano Salaning jasadi topilgani yo'q.
Havola :
Fikrlar