02 jan 16:15
Yangiliklar
Futbol
Salah - 2017 yilning eng yaxshi arab futbolchisi!
"Liverpul" va Misr terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Salax 2017 yilning eng yaxshi arab futbolchisi deb topildi.
Bir necha arab mamlakatlarining 100 nafar sport jurnalisti ishtirok etgan so'rovnomada 25 yoshli futbolchi birinchi o'rinni egalladi. Suriyalik hujumchi Umar Xarbin ikkinchi, boshqa suriyalik forvard Umar Al-Soma esa uchinchi o'rinni egalladi.
Malumot uchun, Salah 2017 yilning yozida "Roma"dan "Liverpul" klubiga o'tgan edi. U hozirgacha ingliz klubida o'tkazgan rasmiy uchrashuvlarida 23ta gol kiritgan.

Havola :
Fikrlar