27 may 09:20
Yangiliklar
Futbol
Salah muxlislari uchun xushxabar: Muhammad JCH-2018da o'ynaydi, tiklanish uchun 2 hafta kerak!
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah juda katta ehtimol bilan JCH-2018da ishtirok etadi.
Misr terma jamoasi etakchisi kecha oqshom “Real”ga qarshi kechgan ECHL finali (1:3)da jarohat olgan edi. O'yindan keyin Salahning mundialni o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilgandi.
Misr sport vaziri Xaled Abdel Aziz o'zining “Feysbuk”dagi sahifasida xabar berishicha, Muhammadning tiklanishi uchun ikki hafta kerak bo'ladi va u albatta Misr terma jamoasi tarkibida Rossiyaga boradi. Bu malumotni terma jamoa shifokorlari ham tasdiqlashdi.
Havola :
Fikrlar