07 may 07:58
Yangiliklar
Saloh - "Real"ga 1:3 hisobidagi mag'lubiyat haqida: "O'sha o'yin foydamizga ishladi"
"Qattiq xafa bo'lgandim, juda qayg'uga botgan edim. "Bo'laqol, faqatgina bu o'yinda emas!" Barchasini vaqt davolashiga ishongandim.
Bir qancha savollarga javob izlab, biroz dam oldim. O'shanda o'zimga savol berdim: "Nimani istayman? Yig'lab o'tiraverishnimi yoki shu orqali yanada pastroqqa sho'ng'ishnimi? Qaytishni istamaymanmi?" Eng yaxshi usul bilan o'zligimga qaytishim kerak edi. SHu sababli bu ergacha etib keldik.
Keyin murabbiy bilan mavsumoldi tayyorgarlik borasida gaplashdik. Kelasi mavsumda ham ECHLni yutish ilinjida yondik. APL g'olibligiga ham yaqin edik.
Menimcha o'sha mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq qildi. Ha, balki mag'lubiyatlardan yaxshilik olib bo'lmas. Biroq o'sha mag'lubiyat bizning foydamizga ishladi", - dedi Saloh.
Fikrlar