So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

03 avg 09:17
Yangiliklar

SHaxmat

"Salom Hindiston!". Olimpiada mezbonligi uchun O'zbekistonda katta tayyorgarlik yoxud Olamsport.com CHennayda!

Hindistonning CHennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'tkazilayotganligidan xabaringiz bor.

O'zbekiston terma jamoasi yigitlari musobaqada muvaffaqiyatli yurishni davom ettirishmoqda va hozircha kuchli uchlikda bo'lib turishibdi. 

Yaxshi bilasiz, mazkur musobaqa davomida 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezboni ham aniqlanadi va unda O'zbekiston musobaqani tashkil etish uchun davogar hisoblanadi. 

SHu munosabat bilan O'zbekiston shaxmat federaciyasi va Yoshlar ishlari agentligi Hindistondagi Olimpiadaga katta tayyorgarlik bilan keldi. Yuqoridagi tashkilotlar tashabbusi bilan yurtimizdan bir necha ommaviy axborot vositalari xodimlari, shu jumladan men Olamsport.com sayti xodimi sifatida CHennaydagi musobaqa tafsilotlarini bevosita musobaqa joyidan yoritib borishga harakat qilamiz. 

Kecha, 2 avgust kuni Toshkent - Dehli - CHennay yo'nalishida musobaqa joyiga etib keldik. CHennay aeroportida shaxmat Olimpiadasining tashkiliy qo'mitasi azolari delegaciyamiz azolarini kutib olishdi va o'zimiz uchun ajratilgan mehmonxonalarga yo'l oldik. 


Kechga tomon O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi o'rinbosari Husan Turdaliev Xalqaro shaxmat federaciyasi tadbirlarida ishtirok etuvchi delegatlar istiqomat qilayotgan mehmonxonada jarayon bilan tanishtirdi. Yuqorida aytilganidek, mezbonlik uchun kurashayotgan O'zbekiston bu erga katta tayyorgarlik bilan kelgan va buni kecha o'z ko'zimiz bilan ko'rib, guvoh bo'ldik. U erda mamlakatimiz haqida malumot beruvchi maxsus pavilon qurilgan va mehmonlar o'zlari uchun kerakli malumotlarni olish imkoniga ega bo'ladilar.  Darvoqe, biz bilan birga taniqli oshpaz Bahriddin CHustiy ham kelgan va yaqin kunlarda u kishi tomonidan tayyorlangan palovni Hindistondagi shaxmat Olimpiadasi mehmonlari tatib ko'rishlari mumkin bo'ladi.


Birozdan so'ng Olimpiada o'tkazilayotgan, "Four Points by Sheraton" mehmonxonasiga yo'l olamiz. O'zimiz yashayotgan manzil va musobaqa joyi orasidagi masofa 80 kilometrni tashkil etar ekan. Musobaqa tashkilotchilari OAV xodimlari uchun maxsus transportlar tashkil etishgan. U erga borib shaxmatchilarimizning o'yinlarini kuzatish imkoniga ega bo'lamiz. Aytishlaricha, bahslar boshlanganidan so'ng faqatgina 20 daqiqa OAV xodimlariga ishlash uchun ruxsat etilar ekan. SHaxmatchilarni chalg'itmaslik maqsadida shunday qarorga kelingan.

Olamsport.com sayti o'z navbatida musobaqa tafsilotlarini imkon qadar batafsil yoritishga harakat qiladi. Bizni kuzatishda davom eting. 

Aziz To'xtamurodov, CHennay shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing