09 iyu 14:44
Yangiliklar

Samarqand FIDE Grand Swiss 2025 ishtirokchilari tasdiqlandi
Aniqrog'i, 3-16 sentyabr kunlari qo'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida xalqaro superturnir — FIDE Grand Swiss musobaqasi bo'lib o'tadi. O'n bir turdan iborat turnir shveycarcha tizimda — Open (Erkaklar) va Women’s (Ayollar) guruhlarida o'tkaziladi. Unda dunyoning jami 172 nafar ko'zga ko'ringan shaxmatchilari ishtirok etadi.
Aahamiyatga molik jihati shundaki, har ikki guruh bahslarida birinchi va ikkinchi o'rin sohiblari 2026 yilgi "Nomzodlar turniri"ga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Open turnirining mukofot jamg'armasi — 625 000, Women’s musobaqasiniki esa — 230 000 AQSH dollaridan iborat.
Open turnirida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju, shuningdek, Arjun Ergaisi, Rameshbabu Praggnanandha (barchasi Hindiston), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), Alireza Firuzdja (Franciya), Yan Nepomnyashiy (Rossmya), Anish Giri (Niderlandiya), SHaxriyar Mamadyarov (Ozarbayjon), Levon Aronyan (AQSH) singari jahon shaxmati yulduzlari dona suradi.
Open turnirida Nodirbek Abdusattorovdan tashqari hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, SHamsiddin Vohidov ham qatnashadi. Gulruhbegim Tohirjonova Women’s guruhida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Fikrlar