01 sen 15:23
Yangiliklar
SHaxmat
Samarqand mezbonlik qiladigan FIDE Chess Olympiad 2026 startiga ikki hafta qoldi
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) Butunjahon shaxmat Olimpiadasi doirasida o'tkaziladigan tadbirlarning o'tkazilish muddatini tasdiqladi.
16-27 sentyabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining belgilangan 11 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Partiyalar soat 15:00`da boshlanadi.
FIDE rasmiy sayti elon qilgan posterda amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommaradju, uning unvoniga rasmiy davogar Javohir Sindarov hamda qozog'istonlik Bibisara Asaubaevani ko'rish mumkin.
Reja bo'yicha Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi 15 sentyabr, taqdirlash - yopilish marosimi 27 sentyabr kuniga belgilangan. 22 sentyabr dam olish ("Bermuda party") kuni sifatida tasdiqlangan. 20-27 sentyabr kunlari oralig'ida 97-FIDE Kongressi o'tkaziladi. 26 sentyabrda FIDE General Assambleyasi yig'ilishi hamda saylovi bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar